• 20 января 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Samarqandda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda kichik GESlar quriladi

Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev Tyanszin shahrida "Tianjin Pump Machinery Group" hamda "Tianjin Baili Equipment Group" korxonalari rahbarlari bilan uchrashuvda shunday kelishuvga erishdi.

Jumladan, Xitoydagi gidronasos va generatorlar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan "Tianjin Baili Equipment Group" kompaniyasi raisi Vu Jeyjun boshchiligidagi boshqaruv kengashi aʼzolari bilan muzokaralar chog‘ida hamkorlikda ishchi guruh tashkil etib, mini GESlar qurish uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rganish va loyihalar ishlab chiqish, quyosh panellari orqali ishlaydigan suv nasoslari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, quyosh va shamol stansiyalari uchun generator va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish masalalari muhokama etildi.  

Davlat sherikchiligida tashkil etilgan kompaniyada elektr energiyasini olish jarayonida zarur bo‘lgan barcha uskuna va texnologiyalar ishlab chiqariladi va  butun mamlakatdagi   loyihalarning 20 foizidan ortig‘i amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati delegatsiyasi korxona ko‘rgazmalar zali va ilmiy-texnik innovatsiya markazi bilan tanishdi, ishlab chiqarish tarixi, ixtirolar va kelgusi rejalar haqida maʼlumotlarga ega bo‘ldi.  

Kompaniya vakillari tez orada Samarqandda bo‘lib, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishi aytildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан