• 05 августа 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–243-son, 04.08.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030-yillarga mo'ljallangan maqsadli ko'rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

- yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish;

- yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish o'rinlarini yaratish.

Nurobod tumani Sazag'on massividagi bo'sh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MCHJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan.

Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini ko'p qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан