• 21 марта 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 million dollar ajratishi mumkin

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara hududida Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 million AQSH dollaridan ortiq mablag‘ ajratishi mumkin.

Keltirilishicha, Qozog‘iston parlamenti Senati O‘zbekiston bilan chegara hududida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini qurish to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi. Sanoat kooperatsiyasi markazi Qozog‘istonning “Atameken” va O‘zbekistonning “Guliston” nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashadi.

Qayd etilishicha, mazkur markaz ishlab chiqarish maydonchalari, omborlar va transport infratuzilmasidan iborat bo‘ladi, bu esa yuk tashishni tezlashtirish, logistika xarajatlarini kamaytirish, taʼminot zanjiri ishtirokchilari sonini qisqartirish, shuningdek, yakuniy isteʼmolchi uchun mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi.

Markazning umumiy maydoni 100 gektar etib belgilangan. Ushbu hududga mintaqaviy sanoat zonasi maqomi beriladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarur sarmoyalar taxminan 27 milliard tengeni (taxminan 54 million AQSH dollari) tashkil etadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан