• 18 августа 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Qobulda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi ish boshladi

Amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Qobul shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston-Afg‘oniston biznes forumi hamda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar boshchiligidagi ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalari qatnashdi.

Mazkur qo‘shma biznes-forum hamda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga katta hissa qo‘shishi taʼkidlandi.

“Made in Uzbekistan” yurtimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni namoyish etish, eksport shartnomalari tuzish, mamlakatimizning eksport salohiyatini kengaytirish hamda xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarning tekstil, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektrotexnika va kabel mahsulotlari, avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi, metallurgiya, neft-kimyo va boshqa ko‘plab turdagi tayyor mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazish, shartnomalar tuzish imkoniyati ham mavjud. Qobul shahrida bugun, 17 avgust kuni ish boshlagan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi 21 avgustga qadar davom etadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан