• 28 февраля 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Qatarning yetakchi kompaniyalari O'zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilinmoqda

O'zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev "Power International Holding" kompaniyasi bosh ijrochi direktori o'rinbosari Moris Gattas bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuvda O'zbekistonda iqtisodiyotning turli sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

"Power International Holding" kompaniyasi 1983-yilda tashkil etilgan bo'lib, dunyoning 19 ta mamlakatida faoliyat olib boradi. "Forbes" nashriga ko'ra, Yaqin Sharqdagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 5 ta shoʻba korxonalari orqali energetika va metallurgiya, sog'liqni saqlash va turizm, qishloq xo'jaligi, mehmonxona majmualarini qurish kabi sohalarda loyihalarni amalga oshiradi: Kompaniya ishchilari soni 65 mingdan ortiq, amalga oshirgan loyihalari — 1100 ta, Qatar oziq-ovqat sanoatidagi ulushi — 70 foiz, 7 ta dam olish maskanlari, 7 ta mehmonxonalar, 90 ta restoranlar, 8 ta ko'ngilochar majmualari hamda 4 ta shifoxonalarga egalik qiladi.

Muzokaralar yakunida "Power International Holding" kompaniyasi tomonidan O'zbekistonda investitsiya loyihalari bilan bog'liq tegishli o'rganish ishlarini olib borish maqsadida Moris Gattasning yurtimizga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан