Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 333,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,8 % ga o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulot hajmi va o‘sish surʼatlari yillar kesimida, (yanvar-mart):
2021 yil – 152,9 trln so‘m (104,8 %);
2022 yil – 186,7 trln so‘m (105,1 %);
2023 yil – 228,9 trln so‘m (106,4 %);
2024 yil – 276,9 trln so‘m (106,4 %);
2025 yil – 333,6 trln so‘m (106,8 %) ni tashkil etdi.