• 03 октября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 72 mlrd dollardan oshdi

2025-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonning tashqi qarzi $8 mlrddan oshdi. Bu haqda Markaziy bankning mamlakat to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarziga bag‘ishlangan sharhida keltirilgan.

Yanvar-iyun oylarida xalqaro savdo siyosatining keskinlashuvi va global noaniqliklar ortishiga qaramay, mamlakat tashqi sektori an’anaviy eksport mahsulotlari jahon narxlarining o‘sishi, shuningdek, mehnat migratsiyasi va turizmdagi ijobiy tendensiyalar ta’sirida o‘zining muvozanat holatiga yaqinlashdi.

Xususan, joriy operatsiyalar hisobi $156,3 mln manfiy saldo bilan shakllandi (2024-yilning birinchi yarmida qariyb $2,9 mlrd). Regulyator buni savdo balansi taqchilligining sezilarli qisqarishi hamda xorijdan pul o‘tkazmalari hajmining oshishi bilan izohladi.

Eksport hajmining importga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda o‘sishi natijasida savdo balansining manfiy saldosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20% ga qisqarib, $6,4 mlrdni tashkil qildi. Jami eksport hajmi 29% ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, jami import hajmi 10% lik o‘sish bilan qariyb $23 mlrd bo‘ldi.

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishi birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi ijobiy saldo (mos ravishda $850,9 mln va $5,4 mlrd) bilan shakllanishiga sabab bo‘ldi.

Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi to‘g‘ridan to‘g‘ri, portfel va boshqa investitsiyalar jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirildi.

Mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi 2024-yilning mos davriga nisbatan 42% ga o‘sib, $1,6 mlrdga teng bo‘ldi.

Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga $3,1 mlrdga yetdi. Natijada, moliyaviy hisob manfiy saldosi $895,9 mlnni tashkil etdi.

2025-yilning birinchi yarmida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi $913,1 mlnga ko‘payishi kuzatildi. Shuningdek, oltin jahon narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi natijasida xalqaro zaxiralar qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan qariyb $7,4 mlrdga ko‘payib, 1-iyul holatiga $48,5 mlrdni tashkil qildi.

To‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy o‘zgarishlar ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investitsiyaviy mavqei joriy yil boshiga nisbatan 23% ga mustahkamlanib, iyul oyiga kelib $16,9 mlrdga yetdi.

Bunda, rezidentlarning chet el valyutasidagi aktivlari hajmi yil boshiga nisbatan $12,1 mlrdga (13%) hamda tashqi majburiyatlari hajmi $8,9 mlrdga (11%) ko‘paydi.

Birinchi yarim yil yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz hajmi $72,2 mlrdni tashkil etib, yil boshidan $8,1 mlrdga o‘sdi. Shundan davlat tashqi qarzi $36,8 mlrd (+$2,9 mlrd) hamda korporativ tashqi qarz hajmi $35,4 mlrdga (+$5,2 mlrd) teng bo‘ldi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Huawei MWC Barcelona 2026 da sakkizta GLOMO mukofotini qo‘lga kiritdi
      13 марта 2026 в 22:10   Узбекистан