• 12 июля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonning tashqi qarzi 68 mlrd dollardan oshdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy bankning “O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqei va tashqi qarzi” sharhida keltirilgan.  

Unga ko‘ra, 2025 yil  I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi 35,8 mlrd dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi 32,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Hisobot choragida joriy operatsiyalar hisobi 160,7 mln dollar manfiy saldo bilan shakllangan. Bu o‘tgan yilning mos davrida 2,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Savdo balansining manfiy saldosi 2024 yilning I choragiga nisbatan 34 foizga qisqarib, 2,6 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu eksport hajmining yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida importning deyarli o‘zgarishsiz saqlanib qolishi bilan izohlanadi. Xususan, jami eksport hajmi 22 foizga oshib, qariyb 8 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, jami import hajmi 10,5 mlrd dollar atrofida shakllangan.

2025 yilning I choragi davomida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro pul o‘tkazmalar hajmining o‘sishi birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi ijobiy saldo (mos ravishda 148,9 mln dollar va 2,2 mlrd dollar) bilan shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi to‘g‘ridan to‘g‘ri, portfel va boshqa investitsiyalar jalb qilinishi hisobiga moliyalashtirilgan. Jumladan, 2025 yilning I choragi davomida mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kiritilishi 2024 yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 barobarga o‘sib, 752,3 mln dollarga teng bo‘lgan. 

Portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi asosan xalqaro obligatsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobiga 1,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. Yuqoridagi tarkibiy omillar hisobiga 2025 yilning I choragi yakuni bo‘yicha moliyaviy hisob manfiy saldosi 791,1 mln dollarni tashkil etgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан