• 09 мая 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uchinchi oy rekord o‘rnatib, $49,2 mlrddan oshdi

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi tarixiy rekord darajani o‘rnatdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

1-may holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati $49,25 mlrdni tashkil etdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan $1,4 mlrdga yoki 2,93% ga ko‘pdir. Natijada aktivlar hajmi mart oyida o‘rnatilgan avvalgi rekorddan ($47,85 mlrd) oshib ketdi.

Oltin zaxiralari $772,64 mlnga biroz oshib, $37,65 mlrdga yetdi, qiymat jihatidan rekord yangilandi. O‘z navbatida, uning fizik hajmi kamayishda davom etib, 11,82 mln troy unsiya (367,09 tonna) dan 11,46 troy unsiya (355,83 tonna) ga pasaydi.

O‘tgan oyda O‘zbekistonning valyuta zaxiralari deyarli o‘zgarishsiz — $10,33 mlrd miqdorida qoldi. Ularning hajmi bir oyda bor-yo‘g‘i $116,08 mlnga oshdi.

Xususan, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlaridagi valyuta zaxiralari miqdori $361,94 mlnni hamda xorijiy banklarda $9,96 mlrdni tashkil etdi.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hajmi ham aprel oyida keskin — 3,46 baravar oshib, $703,9 mlnga yetdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан