• 08 апреля 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2 mlrdga oshdi

Martda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ikki oylik pasayishdan keyin ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning 1-mart holatiga ko‘ra, mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hajmi $34,19 mlrdni tashkil etdi.

O‘tgan oyda xalqaro aktivlar hajmi $1,99 mlrdga oshib, joriy yilning dastlabki ikki oyidagi pasayishni deyarli qopladi.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori $8,26 mlrdni tashkil etib, so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkichlardan birida saqlanib qoldi. O‘tgan oyda ularning miqdori $710,7 mlnga oshdi. Ko‘rsatkich ketma-ket 11 oy davomida $10 mlrddan past darajada qolmoqda.

O‘zbekiston Markaziy bankining boshqa mamlakatlar markaziy banklari, shuningdek, XVJdagi depozitlari hajmi sezilarli — $338,8 mlngacha pasaydi.

Bundan tashqari, boshqa xorijiy moliya institutlaridagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori $760,6 mlnga oshganiga qaramay, $8 mlrddan pastda qolmoqda.

Mamlakat oltin zaxiralari sezilarli darajada oshib, aprel oyi boshida $25,37 mlrdni tashkil etdi. Fevralga nisbatan uning qiymati jahondagi rekord darajadagi narxlar sabab $1,27 mlrdga oshdi.

Shuningdek, zaxiradagi oltinning fizik hajmi sezilarli darajada — bir oy oldingi 11,9 mln troy unsiyadan (370 tonna) 11,5 mln troy unsiya (357,69 tonna) kamaydi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning fevral oyida 12 tonna oltin sotib, bu davrda qimmat metall sotuvi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan edi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан