• 25 октября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonning Eriell kompaniyasi Afg‘onistonda gaz qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

O‘zbekistonning Eriell kompaniyasi Afg‘onistonda gaz qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda 25-oktyabr kuni "Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi" doirasida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev maʼlum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” muxbiri.

10-oktyabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Afg‘oniston shimolidagi Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi Tuti-Maydon uchastkasida tabiiy gazni qidirish va qazib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

10 yillik shartnoma taxminan 1 milliard dollarlik sarmoyani o‘z ichiga oladi: birinchi yilda 100 million dollar va keyingi to‘qqiz yilda 900 million dollar.

Hujjat Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar Oxund va O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Ismatulla Irgashev ishtirokida imzolandi.

Kon va neft vaziri vazifasini bajaruvchi Hidoyatulloh Badri ishlab chiqarilgan gaz dastlabki ikki yilda 100 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ishlatilishini qayd etdi.

Ismatulla Irgashevning aytishicha, Tuti-Maydan konining gaz zaxiralari 3 trillion kub metrga baholangan, u 7 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydonni egallaydi.

"Muhandis va mutaxassislar 8 ta eski quduqni qayta tiklash ishlarini o‘rganmoqda. Gazni o‘zlashtirish boshlanganidan so‘ng dastlabki ikki yilda bir necha milliard kub metr gaz qazib olish rejalashtirilgan. Shartlarga ko‘ra, O‘zbekiston 25 yil davomida bu sohaga har yili 100 million dollar sarmoya kiritadi va 10 yildan so‘ng konni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan sarmoyani 1 milliard dollargacha oshiradi", — dedi u.

Maxsus vakilning qo‘shimcha qilishicha, Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan gaz gaz quvurlari orqali O‘zbekistonga yetkaziladi, qayta ishlanadi va Afg‘oniston bozoriga qayta beriladi.

Irgashevga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti o‘z mamlakatida tinchlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashni bevosita mintaqa bilan bog‘lagan. "Yaʼni Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy rivojlanishi, tinchligini taʼminlash va shu nuqtai nazardan Afg‘onistonga alohida ahamiyat qaratib, afg‘on muammosini iloji boricha tezroq hal qilish hamda Afg‘onistonni butun dunyo hamjamiyatga munosib bo‘lgan xalqaro bir hamkorga aylantirishdan iborat. Bu qilgan to‘g‘ri qarorlarini dunyo eʼtirof etmoqda", — dedi u.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан