• 20 апреля 2025 в 22:10
  • 16
  • 0

O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi

Ayrim turdagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib utish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. 

Hujjat bilan, 2025 yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning quyidagi normalari belgilandi:

havo transportida - 1000 dollar (amalda 2000 dollar);temir yo‘l va daryo transportida - 500 dollar (amalda 1000 dollar);avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali - 300 dollar;xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali - 200 dollar (bir chorakda 1000 dollar);xalqaro pochta jo‘natmalari orqali - 100 dollar (o‘zgarmagan).

O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi. Prezident raisligidagi yig'ilishda Soliq va Bojxona qo‘mitalariga markirovkalashning ishlab chiqarish hajmiga salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish, markirovkalash talabi bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirilgan. Qimmat bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo‘yilgani uchun ko‘plab imkoniyatlar qo‘ldan boy berilayotgani qayd etilgan.

Endilikda, 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmasligi eʼlon qilindi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kirgan xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi. Bu tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat ekani taʼkidlandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан