• 05 января 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda yirik xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda “Sirdaryo —Baxt” aylanma yo‘li barpo etiladi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida Saudiya Arabistonining “AL BAWAN” yirik qurilish kompaniyasi hamda “SAJCO” kompaniyasi mutasaddilaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istagida bo‘lgan xorijiy kompaniya vakillari o‘z faoliyat yo‘nalishi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etish lozimki, yo‘l qurilishi sohasida faoliyat olib boruvchi har ikkala kompaniya moliya, yo‘l qurilishini loyihalashtirish, asbob-uskunalar ishlab chiqarish, suv to‘g‘onlari, kasalxona va aeroport qurilishi kabi bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, Saudiya Arabistonining “AL BAWAN” yirik qurilish kompaniyasi o‘z faoliyatini 1991 yildan boshlagan. 250 dan ortiq katta loyihalarni amalga oshirgan, 10 mingdan ortiq ishchiga ega kompaniya hisoblanadi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga tashrifning asosiy maqsadi “Toshkent — Termiz” yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km bo‘lgan “Sirdaryo — Baxt” aylanma yo‘lini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borishdan iborat bo‘lib, har ikki tomon ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘z taklif va fikrlarini o‘rtaga tashladi.Muloqot jarayonida ushbu loyihani amalga oshirish uchun mahalliy infratuzilmani o‘rganish hamda yo‘lning necha tasmali bo‘lishi va tezlik miqdorini belgilash muhim ekani ta’kidlandi.

Saudiya Arabistonining “AL BAWAN” yirik qurilish kompaniyasi hamda “SAJCO” kompaniyasi mutasaddilari Sirdaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Sirdaryoga tashrif davomida “Toshkent — Termiz” yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 38 km bo‘lgan “Sirdaryo — Baxt” aylanma yo‘lini qurish uchun mahalliy infratuzilma o‘rganildi. Mahalliy mutaxassislar tomonidan yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан