• 26 февраля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda vino va tamaki ishlab chiqarish hajmi keskin qisqardi

Statistika agentligi 2025-yil yanvar oyidagi sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

Unga ko‘ra, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi 18,5 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi 7,3 foizni tashkil etdi.

Raqamlarda keltirilishicha, 2025-yilning yanvarida pivo ishlab chiqarish hajmi 22,1 foizga qisqargan. O‘tgan yilning yanvarida esa ko‘rsatkich qariyb 90 foizga oshgandi. 

Uzum vinosi ishlab chiqarish hajmi esa 60 foizga pasaygan. 2024-yilning yanvarida ko‘rsatkich 26,9 foizga oshgan edi.

Tamaki mahsulotlarining hajmi 15,7 foizga tushgan. Eʼtiborga molik tomoni, o‘tgan yilning mos davrida ko‘rsatkich 8 foizga oshgan edi. 

Shu bilan birga, 2025-yilning yanvar oyida respublikada 99 ming tonna avtomobil benzini, 58,3 ming tonna ip kalava, 8,3 mln litr pivo mahsulotlari hamda 65,6 ming tonna yumshoq bug‘doy va spelta uni ishlab chiqarilgan.

Avvalroq, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishda davlat nazorati takomillashtirilishi haqida xabar  qilingandi. Unga ko'ra, iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatga berilgan litsenziya uchun yillik davlat bojini to'lash muddati belgilanmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан