• 19 августа 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda uch yilda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 7 foizga qisqartiriladi

Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi ommabop Al Harir gazetasida "O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va mamlakatning ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga jiddiy eʼtibor qaratmoqda" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Ushbu maqolada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 14 avgust kuni kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishgani haqidagi maʼlumotlar mushtariylar eʼtiboriga taqdim qilingan.

O‘zbekistonda kelgusi uch yilda kambag‘allik darajasini 11 foizdan 7 foizga qisqartirish maqsad qilingan. Hozirgacha bo‘lgan tizim bilan natijadorlikni oshirish qiyin. Kambag‘al oilani tanlashda aniqlik, ularni bu holatdan olib chiqish va mablag‘ ajratishda yaxlitlik yetishmaydi.

Taqdimotda ushbu ikki sohani mutanosib rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi, deya taʼkidlangan materialda.

Unga ko‘ra, tahlillardan kelib chiqib, kambag‘allikni aniqlash mezonlari va manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. Jumladan, unga "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"dagi hamda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lganlar kiritiladi. Bunday oilalar "mahalla yettiligi" va faollari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlanadi. Kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan barcha ijtimoiy xizmat va yordamlar “Inson” markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, kambag‘allik omillarini o‘rganish uchun ijtimoiy himoya va bandlik masalalarida 8 ta yo‘nalishda yagona savolnoma ishlab chiqiladi. Shu asosida oilalarning imkoniyatlari baholanib, 3 ta toifaga ajratiladi. Har bir oilaga individual yondashilib, "oyoqqa turishi"ga ko‘maklashiladi.

Nashrda, shuningdek, O‘zbekistonda har yili kambag‘allikni qisqartirishga 14 trillion so‘m yo‘naltirilayotgani maʼlum qilingan. Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi bo‘yicha 3 bosqichda – mahalla va tuman, viloyat hamda respublika darajasida monitoring tashkil qilinadi. Bu borada jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан