• 24 октября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori oshdi

Respublikada nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi ko‘tarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 151 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 424 ming so‘m bo‘lgan.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan —8,7 million so‘m. Bu miqdor o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,1 foiz o‘sgan. Shu bilan birga, Navoiy (6,6 million so‘m), Toshkent (4,9 million so‘m), Andijon (4,4 million so‘m) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda (4,2 million so‘m) nisbatan yuqori o‘rtacha oylik ish haqi to‘langan.

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish surʼatlari Toshkent shahridadan tashqari Samarqand (17,8 foiz), Andijon (16,2 foiz), Farg‘ona (14,2 foiz) hamda Navoiy (14,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,5 million so‘m;Axborot va aloqa — 12,8 million so‘m;Tashish va saqlash — 8,1 million so‘m;Sanoat — 6,3 million so‘m;Savdo — 6 million so‘m;Qurilish — 5,7 million so‘m;Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,7 million so‘m;Taʼlim — 3,5 million so‘m;Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 3,3 million so‘m.

По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан