• 08 октября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokama chog‘ida O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamani ilgari surish va kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Meta vakillari orasida Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun davlat siyosati bo‘yicha direktor Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun davlat siyosati bo‘yicha rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Gonkong va Tayvan bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha rahbar Aurora Li; Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun davlat siyosati bo‘yicha mintaqaviy menejer Yerasil Kalixan.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etdi. Raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi, masʼuliyatli raqamli xulq-atvorni targ‘ib qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va hamkorlikning muayyan yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан