• 02 января 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekistonda 2024-yilda davlat idoralariga budjetdan qancha mablag‘ ajratilishi ma'lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 23-dekabr kuni “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Hujjat bilan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilangan.

Bunda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 255,44 trillion so‘mni tashkil etadi. Mablag‘lar joriy xarajatlar (180,15 trillion so‘m), rivojlanish dasturlari (33,2 trillion so‘m), obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar (10,82 trillion so‘m) va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, hujjatda sohalar bo‘yicha xarajatlarni qoplashga ajratiladigan mablag‘lar miqdori ham keltirilgan. Masalan, kelasi yilda OTMlarning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini qaytarish shartisiz qoplashga 200 milliard so‘m ajratiladi.Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishga taqdim etiladigan mablag‘lar 100 milliard so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari doirasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga 26,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан