• 24 января 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumi: Xitoy kompaniyalari bilan umumiy qiymati 70 million AQSH dollarlik savdo-investitsiya shartnomalari imzolandi

Ushbu ikki tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda unga a’zo korxonalar vakillari ishtirok etib, Xitoy kompaniyalari va investorlari bilan samarali muloqot va muzokaralar o‘tkazdi.  

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyning charm-poyabzal sohasida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘nalishlarida muzokaralar olib bordi. Muzokaralar davomida Xitoy kompaniyalariga yurtimizda davlat tomonidan investorlar uchun berilgan imkoniyatlar, sohaning bugungi kundagi holati, eksport geografiyasi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Xususan, Xitoyning “Wenzhou Jinsheng Trading Co.,Ltd” va “Veng Yubiao” kabi kompaniyalari bilan yurtimizda chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish maqsadida qoramol terisini chuqur qayta ishlash va yengil turdagi poyabzal (tapochka) uchun xomashyo ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.  

Shuningdek, “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan xitoylik kompaniyalarga mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan charm-poyabzal va jelatin mahsulotlari namoyish etildi. Jumladan, Xitoyning “Yangling Guohe Cross-border E Commerce Co., Ltd” va “Zaozhuang Tong You Trading Co.,Ltd” kabi kompaniyalari tomonidan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlarini sotib olish takliflari bildirildi.  

Xitoyning “Pus” kompaniyasi ijrochi direktori Lanse Liyu bilan o‘tkazilgan muzokaralarda yurtimizda davlat tomonidan investorlar uchun berilgan yengilliklar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi. Xorijiy kompaniya tomonidan yurtimizda jelatin mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 10 million AQSH dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan yer maydonini aniqlash maqsadida, hamkorlar joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishiga kelishib olindi.  

Bundan tashqari, ko‘rgazma maydoniga tashrif buyurgan Xitoyning “Wuxi Hanlin Industrial Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bilan yurtimizda ishlab chiqarish jarayonlari xususan, poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan kley mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.  Shuningdek, eksport yo‘nalishida ham ko‘plab xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi. Jumladan, Xitoyning  “Shenzhen Shunliyuan Import and Export” kompaniyasi tomonidan “Nafis Charm”, “Baraka leather” va “Hamkor Nur Savdo” mahalliy korxonalarida ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlarini sotib olish takliflari bildirildi.  

Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan  “Top Quality Brend” korxonasi va Xitoyning “Power Uhuru Share Ltd” kompaniyasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatimizda jelatin xom ashyosini ishlab chiqarish bo‘yicha fikr almashildi. Xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yiladigan loyiha 2024-2025 yillarda amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 20 million dollarni tashkil etadi. Muzokaralar yakuni bilan tomonlar kelishuv shartnomasini imzoladi.  

Muzokaralar so‘ngida Xitoy kompaniyalari bilan umumiy qiymati 70 million AQSH dollarlik savdo-investitsiya shartnomalari imzolashga erishildi.  


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    «АНДАЛЕБ». Продолжается второй тур Республиканского телевизионного фестиваля-конкурса народного творчества
      19 августа 2025 в 13:55   Таджикистан
    «МЫ – НА СТРАЖЕ НЕЗАВИСИМОСТИ». В Национальном музее состоялось мероприятие с участием защитников Родины
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Prezident Olimpiya shaharchasida soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
      18 августа 2025 в 23:05   Узбекистан
    На берегу озера Иссык-Куль прошли летние учебно-оздоровительные и тренировочные сборы
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
      19 августа 2025 в 23:05   Узбекистан
    Руководству СЭЗ «Сугд» даны указания по улучшению работы
      18 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане сегодня отмечают День медика
      18 августа 2025 в 22:50   Таджикистан
    O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati barqaror o‘sishni namoyon etmoqda
      18 августа 2025 в 22:10   Узбекистан
    Namanganda moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi
      18 августа 2025 в 22:30   Узбекистан
    В Душанбе обсудили реализацию проекта по использованию и обезвреживанию полихлорированных бифенилов
      19 августа 2025 в 21:50   Таджикистан