• 23 октября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston va YEI davlatlari savdo aylanmasi $5 mlrdni tashkil etdi

2017-2024 yillar davomida O‘zbekistonning YEI mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 2,4 barobar - 2,6 mlrd dollardan 6,4 mlrd dollargacha o‘sdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bergan raqamlarga ko‘ra, 2024 yilda eksport hajmi 26,9 foizga o‘sgan, import hajmi esa o‘zgarishsiz qolgan (2023 yilga nisbatan).

YEI mamlakatlari O‘zbekistonga sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan «dastgohlar, asbob-uskunalar va transport vositalari», kimyo moddalar va boshqa mahsulotlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan hisoblanadi.

O‘zbekistonda YEI mamlakatlari kapitali ishtirokidagi mingga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonning YEI mamlakatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasi 5 mlrd dollarni tashkil etdi.

2024 yilda YEI mamlakatlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi (YEI mamlakatlarining moliya tashkilotlarini hisobga olgan holda) 77 foizga o‘sdi va 4,1 mlrd dollarni tashkil etdi (2023 yilda – 2,3 mlrd dollar).

Shu bilan birga, 2024 yilda 2017 yilga nisbatan, YEI mamlakatlaridan jalb qilingan investitsiyalarning yillik hajmi 18 barobar oshdi (2017 yilda – 222 mln dollar, 2018 yilda – 324,1 mln dollar).

2024 yilda investitsiyalarning eng katta hajmi Germaniya – 1,4 mlrd dollar, Niderlandiya – 1,1 mlrd dollar, Kipr – 858,9 mln dollar, Chexiya – 137,8 mln dollar, Italiya – 99,8 mln dollar, Shvetsiya – 97,5 mln dollar va boshqalardan jalb qilingan.

2017-2024 yillar davomida YEI mamlakatlaridan (jumladan, YEI moliya tashkilotlaridan) jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 12,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonda YEI mamlakatlari kapitali ishtirokidagi mingga yaqin korxona, shu jumladan, Germaniya kapitali bilan 201 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан