• 10 января 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikda ikkita gidro to‘plash stansiyasi quradi

Shu kunlarda “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqilmoqda.  

Ushbu tashrifning muhim voqealaridan biri Guanchjou shahridagi “China Southern Power Grid International Co Ltd” (CSGI) kompaniyasi shtab-kvartirasiga tashrif va amaliy uchrashuv bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Pskem daryosida "Yuqori Pskem GTES" va "Xo‘jakent GTES" qurilishiga qaratilgan investitsiya loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi.  

Unda “Yuqori Pskem GTES” loyihasining loyihaoldi hujjatlari deyarli tayyor bo‘lgani va uning milliy elektr energiya tizimi uchun strategik ahamiyatga egaligi taʼkidlandi. Loyihani amalga oshirish ishlarini 2025 yil mart oyida boshlashga kelishildi. 

Shuningdek, ushbu loyiha Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi GTES sifatida tarixiy ahamiyat kasb etishi sababli 2025 yil 10 mart kuni uning qurilishiga rasmiy start berish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muloqot chog‘ida “Xo‘jakent GTES” loyihasi yuzasidan ham muhim kelishuvga erishildi. Loyihani o‘zaro amalga oshirish kelishuvi (JDA) hujjati tantanali ravishda imzolandi. 

“Xo‘jakent GTES” qurilishini 2025 yilda boshlash rejalashtirilgan bo‘lib, bu loyiha ham mamlakatning elektr energiya taʼminoti uchun muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

“CSGI” kompaniyasi 2002 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Janubiy Xitoydagi eng yirik davlat energetika kompaniyalaridan biri hisoblanadi. U elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlashga ixtisoslashgan. Kompaniya 2023-2024 yillarda 1,35 GVt.soat elektr energiyasini sotish orqali 842,6 milliard yuan (118,8 milliard dollar) operatsion daromad olgan va “Fortune Global 500” ro‘yxatida 78-o‘rinni egallab turibdi.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur loyihalar orqali O‘zbekistonda yuqori quvvatli gidroenergetika obyektlari barpo etilib, xalqimizning ekologik toza elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, rivojlanayotgan sanoatni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga hissa qo‘shiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Торжественное мероприятие в честь Дня таджикской печати состоялось в Бохтаре
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Генеральный консул Литвы посетила ОшГУ
      13 марта 2026 в 17:40   Кыргызстан
    O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
      13 марта 2026 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке прошло совещание по координации научно-образовательного сотрудничества в области исследований горных регионов
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев ознакомился с состоянием ряда медицинских учреждений в Иссык-Кульской области
      13 марта 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Студенты сельскохозяйственного колледжа ОшГУ встретились с работодателями
      13 марта 2026 в 16:55   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло масштабное мероприятие, посвященное Международному женскому дню
      13 марта 2026 в 16:10   Кыргызстан
    В Нью-Йорке обсуждены вопросы расширения возможностей женщин в Таджикистане
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Министр транспорта Таджикистана провел переговоры с представителями Всемирного банка
      13 марта 2026 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане повышают климатическую устойчивость уязвимых сообществ
      вчера в 21:50   Таджикистан