• 05 июля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston Kaspiy dengizida o‘z paromlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi.

«Ozarbayjon tashqi savdo tashuvlari, jumladan, Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi orqali muhim yo‘nalish hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi chog‘ida Ozarbayjon O‘zbekiston uchun konteyner temir yo‘l tashuvlari bo‘yicha imtiyozlarni 2026 yilgacha uzaytirdi.

Biz O‘zbekiston kompaniyalarining Kaspiy dengizida paromlarni boshqarish ishlari bo‘yicha kelishuvga erishdik. Kaspiy dengizi orqali yuk tashish hajmi oshgani sababli, paromlar 30−40 kun davomida kutilmoqda va yuklar kechikmoqda. O‘zbekistonlik tadbirkorlar Turkiya kompaniyalari bilan birgalikda Kaspiy dengizida paromlarni ishga tushirishga qaror qilishdi» — deydi Ilhom Mahkamov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shimcha tranzit hajmini taʼminlaydi. Tomonlar, shuningdek, o‘sib borayotgan yuk tashish hajmini qayta ishlash uchun infratuzilmani kengaytirish va modernizatsiya qilishga kelishib olgan.

2 iyul kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Hujjat ikki davlat transport vazirliklari o‘rtasida imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Transkaspiy yo‘lagi doirasida qo‘shma logistika kompaniyasini tashkil etish, Boku va uchinchi davlatlar portlarida omborlar va logistika markazlarini qurish imkoniyatlarini muhokama qilgandi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Trend nashri xabardor manbasiga tayanib, O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi. Loyihani moliyalashtirish hajmi $150 mln ni tashkil etadi.

Tomonlar transport va tranzit sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni ham ishlab chiqmoqda. Ular orasida ombor infratuzilmasini birgalikda qurish va Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bor.

Avvalroq Toshkent hokimligi Ozarbayjon kompaniyalari bilan $400 mlnlik shartnomalar tuzgani haqida xabar berilgandi. Loyihalar 5 yulduzli mehmonxona, turar-joy majmuasi va savdo markazini qurish, restoran va qahvaxonalar tarmog‘ini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В 2025 году в республике построено 44 культурных объекта, 120 объектов капитально отремонтировано и реконструировано
      26 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев совместно с членами Кабинета Министров и сотрудниками АП КР совершил горный поход в парке «Ала-Арча»
      25 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Итоги Чемпионата Кыргызстана по дзюдо
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
      26 января 2026 в 23:05   Узбекистан
    Специальная глава, посвящённая празднику Сада в «Шахнаме», подчеркивает его важность в таджикской и персидской культуре
      25 января 2026 в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев поручил разработать электронный механизм перевода учащихся из школы в школу
      26 января 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Душанбе станет местом проведения фестиваля Сада и выставки сельскохозяйственных семян
      25 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Закуплено новое оборудование Live U для прямых трансляций из всех регионов страны
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев: По темпу роста ВВП у Кыргызстана очень высокий показатель
      26 января 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев и Наджи Бенхассин обсудили перспективы стратегического партнерства
      вчера в 12:55   Кыргызстан