• 25 июня 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Jahon banki ko‘magida kichik gidroenergetika yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun 150 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Loyiha xususiy sektor, jumladan, mahalliy kichik gidroelektr stansiyalari (KGES) ishlab chiquvchilari va banklar ishtirokida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hukumati 3 mingga yaqin KGES qurilishiga sarmoya kiritishni va 2026-yilgacha ularning o‘rnatilgan quvvatini 160 MVtga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu 280 ming kishini qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi. “Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va O‘zbekiston Energetika vazirligi tomonidan 2025-2030-yillarda amalga oshiriladigan yangi loyiha ushbu maqsadga erishishga yordam beradi.

Loyiha 2030-yilga borib umumiy o‘rnatilgan quvvati 150 MVt gacha bo‘lgan KGES qurilishini moliyalashtirish imkonini beradi. Ularda yiliga 520 gigavatt-soatdan ziyod ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, loyiha karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 430 ming tonnagacha qisqartirishga yordam beradi.

Hozirgi kunda loyiha doirasida mamlakatning turli hududlaridagi mavjud sug‘orish kanallarida KGES qurish uchun 270 ga yaqin qulay maydonlar oldindan aniqlangan. Ularning aksariyati (93%) 100 dan 1000 kVt gacha quvvat imkoniyatiga ega.

Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan KGESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi. U qayta tiklanadigan energiyaning ishonchli manbaiga aylanadi, energiya balansini diversifikatsiya qilish imkonini beradi, energiya bilan kam ta’minlangan hududlar va qishloq joylarda uy xo‘jaliklari va xususiy sektorning elektr ta’minotini yaxshilaydi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Jahon banki O‘zbekistonga irrigatsiya sohasi uchun 200 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratgani haqida xabar bergan edik. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан