• 28 сентября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Gruziyaning Poti portida ombor terminali qurilishini boshladi

O‘zbekiston “Poti” erkin industrial zonasida yirik ko‘p funksiyali terminal qurishni boshladi. Bu haqda “Smart Press” nashri xabar berdi.

Loyiha 30 gektar maydonda amalga oshirilmoqda va umumiy investitsiya qiymati 50 mln lari (qariyb $18,3 mln)ga baholanmoqda.

Qurilishning birinchi bosqichi 1 ming tonna sig‘imga ega muzlatilgan mahsulotlar omborini yaratishni o‘z ichiga oladi.

Ikkinchi bosqichda umumiy yuklarning 5 ming kv.metrlik yopiq ombori qurilishi ko‘zda tutilgan. Uchinchi bosqichda quyma yuklar ombori hamda yirik gabarit va konteyner yuklari uchun terminal qurish rejalashtirilgan.

Ombor terminali keyinchalik Yevropaga eksport qilish uchun O‘zbekistondan yuklarni qabul qiladi. Bundan tashqari, Yevropa tovarlarini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga tashish rejalashtirilgan.

“Poti” EIZ direktori David Ebralidzening aytishicha, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan muzokaralar bir yil davom etgan.

“Biz tafsilotlarni uzoq vaqt muhokama qildik va hozir loyiha oldinga siljimoqda. Bu har ikki tomon uchun ham strategik muhim tashabbusdir”, — dedi u.

Poti erkin sanoat zonasi (EIZ) 2008-yilda tashkil etilgan. EIZ hududida QQS, foyda, dividendlar, mulk va import uchun “nol” soliq stavkasi qo‘llaniladi. “Poti” EIZning afzalligi uning Gruziyaning eng yirik portiga yaqin joylashganligidir.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан