• 30 сентября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston Dubayda doimiy ko‘rgazma zallari va savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqda

27-sentabr kuni forumda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dubay o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Tomonlar yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, turizm infratuzilmasi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, BAA ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, ikki tomonlama ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma korxonalar yaratish, BAA va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga mahalliy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ushbu tashabbuslar o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash va iste’mol talabi yuqori bo‘lgan hududda milliy mahsulotlarni ommalashtirishga qaratilganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Qatarda mintaqaviy tarqatish markazini ochishi mumkin. Savdo-sanoat palatasi “Xamad” portining maydoni va ijara narxi haqida ma’lumot kutmoqda. “Qatar Airways” aviakompaniyasini yuk tashishga jalb etish rejalashtirilmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан