• 17 января 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston BAA bilan “1 mln sun’iy intellekt foydalanuvchisi” dasturini ishga tushiradi

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida BAA sun’iy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashib, texnologiyalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

Uchrashuvda vazir “1 mln sun’iy intellekt foydalanuvchisi” loyihasini amalga oshirish niyatini bildirdi.

“O‘zbekiston sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda mintaqada yetakchiga aylanishni maqsad qilgan. Biz unga erishishda o‘z hissamizni qo‘shamiz degan umiddamiz. Sun’iy intellekt muhim yo‘nalishlardan biriga aylanadi. Prezident amaliy qo‘llaniladigan SIni ko‘rish istagida, uning qiymati sezilarli darajada bo‘lishi kerak”, — dedi BAA sun’iy intellekt vaziri.

Muloqotda Umar bin Sulton al-Olama O‘zbekistonda “1 mln dasturchi” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini, dastur IT-sohasida xalqaro kadrlar tayyorlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, endilikda mamlakatda “1 mln sun’iy intellekt foydalanuvchisi” loyihasini joriy etish orqali yoshlarning bilimi oshirilishi qayd etildi. Vazir bu hamkorlik xorijiy mamlakatlar uchun “oltin standart"ni yaratishiga ishonch bildirdi.

Bundan tashqari, “Khazna” kompaniyasi rahbari Hasan al-Naqbi O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatini o‘rganayotganini ma’lum qildi.

“Hozirda mamlakatdagi eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularda sun’iy intellekt vazifalarini qo‘llab-quvvatlaydigan raqamli infratuzilmani yaratishni, O‘zbekistondan tashqari, mintaqadagi boshqa mamlakatlarga ham xizmat ko‘rsatishni maqsad qilganmiz”, — dedi u telekanalga bergan intervyusida.

Kompaniya mamlakatda tashkil etiladigan ma’lumotlar markazining operatori sifatida faoliyat yuritishni, qo‘shni davlatlarga xizmatlarni eksport qilishni hamda sun’iy intellekt bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

“Presight” kompaniyasi rahbari Tomas Pramotedam sun’iy intellekt dasturlarini joriy etish orqali O‘zbekistonda IT-hamjamiyatini rivojlantirish va xavfsiz hududga aylantirish rejalarini qayd etdi.

Kompaniya Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlik istiqbollarini kelishib oldi. Bu bo‘yicha amaliy ishlar joriy yilda boshlanishi kutilmoqda.

“AIQ” kompaniyasi rahbari Magjan Kenesbay tog‘-kon sanoatida sun’iy intellektni joriy etish maqsadida Energetika va Raqamli texnologiyalar vazirliklari bilan yo‘l xaritasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Tez orada uni prezidentga taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti prezidenti Erik Sing sun’iy intellekt sohasida mamlakat bilan tajribali mutaxassislarni tayyorlashga tayyorligini ta’kidladi. Prezident mazkur oliygohga o‘qituv dasturini ishga tushirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi"ni qabul qilishni taklif etdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Более трёх десятков лет таджикские спасатели обеспечивают безопасность людей
      17 августа 2025 в 22:00   Таджикистан
    «АНДАЛЕБ». Продолжается второй тур Республиканского телевизионного фестиваля-конкурса народного творчества
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Prezident Olimpiya shaharchasida soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
      18 августа 2025 в 23:05   Узбекистан
    «МЫ – НА СТРАЖЕ НЕЗАВИСИМОСТИ». В Национальном музее состоялось мероприятие с участием защитников Родины
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    На берегу озера Иссык-Куль прошли летние учебно-оздоровительные и тренировочные сборы
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Душанбе пройдет Международный инвестиционный форум «Душанбе Инвест-2025»
      17 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    Руководству СЭЗ «Сугд» даны указания по улучшению работы
      18 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati barqaror o‘sishni namoyon etmoqda
      18 августа 2025 в 22:10   Узбекистан
    В Таджикистане сегодня отмечают День медика
      18 августа 2025 в 22:50   Таджикистан