• 25 февраля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

O‘zbekiston 1,5 mlrd dollarlik suveren obligatsiyalarni joylashtirdi

Joriy yilning 18 va 20-fevral kunlari kuni London shahrida AQSH dollarida 7-yillik, yevroda 4-yillik va so‘mda 3-yillik suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilinishi e’lon qilindi.

O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami 4,2 mlrd AQSH dollari miqdoridagi buyurtmalar kelib tushdi, jumladan:

AQSH dollaridagi (7-yillik) obligatsiyalarga – 2 mlrd dollar;yevrodagi (4-yillik) obligatsiyalarga – 1,6 mlrd yevro;so‘mdagi (3-yillik) obligatsiyalarga – 7,3 trln so‘m.O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha quyidagi foiz stavkalari qayd etildi:

500 mln AQSH dollari miqdoridagi 7-yillik obligatsiyalar bo‘yicha – 6,95 foiz (2024-yil may oyida chiqarilgan 7-yillik suveren xalqaro obligatsiyalari 7,125 foiz stavkasida joylashtirilgan);

500 mln yevro (525 mln AQSH dollari) miqdoridagi 4-yillik obligatsiyalar bo‘yicha – 5,1 foiz (2024-yilda 3 yillik obligatsiyalar – 5,375 foiz stavkasida);

6 trln so‘m (463 mln AQSH dollari) miqdoridagi 3-yillik obligatsiyalar bo‘yicha – 15,5 foiz (2024-yilda 3 yillik obligatsiyalar – 16,625 foiz stavkasida).

Ma’lumot uchun: joriy yilning yanvar-fevral oylarida ichki moliya bozorida 3-yil muddat uchun davlat g‘aznachilik obligatsiyalari bo‘yicha foiz stavkasi 15,6-16,1 foizni tashkil etgan.

Xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1011-sonli “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq 2025-yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish hamda ipoteka dasturini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga resurs ajratish uchun yo‘naltiriladi. Jumladan:

Yevrodagi suveren xalqaro obligatsiyalar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun ishlab chiqilgan obligatsiyalar dasturi doirasida “Yashil” maqomi bilan chiqarilgan bo‘lib, “Yashil” obligatsiyalardan kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish hamda shu kabi boshqa loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

“Yashil” obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobot xalqaro standartlarga muvofiq shakllantiriladi va e’lon qilib boriladi.

2021-2024-yillar davomida umumiy qiymati 1,2 mlrd AQSH dollariga teng miqdordagi O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalari “Barqaror rivojlanish maqsadlari” va “Yashil”maqomi bilan chiqarilgan bo‘lib, mazkur obligatsiyalardan tushgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobotlar xalqaro standartlarga muvofiq e’lon qilib borilmoqda.

Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish dasturi (UNDP) jalb qilingan hamda dastur bo‘yicha “Sustainalytics” tomonidan mustaqil xulosa taqdim etilgan.

AQSH dollari va so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag‘lar respublika aholisini uy-joy bilan ta’minlash dasturini moliyalashtirish hamda umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан