Joriy yilning yanvar-iyul oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 167 503 ta yuridik shaxs tomonidan 19,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan 3,9 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 20,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 40,6 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,8 trln so‘mni tashkil etgan.
Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:QQS – 1,1 trln so‘m;
foyda solig'i – 802 mlrd so‘m;
aksiz solig'i - 577,3 mlrd so‘m;
JShODS - 506,7 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 505,2 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 167,1 mlrd so‘m;
yer solig‘i - 54,7 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 193,9 mlrd so‘m.