• 26 октября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari Polshada keng targ'ib qilinadi

O'zbekiston diplomatlari Polshaning "World Food Poland" kompaniyasi rahbari Agniyeshka Shpadarska bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Muloqot chog'ida O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Polshada keng targ'ib qilish, eksportini kengaytirish, o'zbek kompaniyalarining xalqaro ko'rgazmalarda ishtirokini ishlab chiqish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Agniyeshka Shpadarska O'zbekiston kompaniyalarini 2025-yil 8-10-aprel kunlari Varshavada bo'lib o'tadigan xalqaro oziq-ovqat ko'rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etishga taklif qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko'rgazma oziq-ovqat sanoati ishtirokchilari o'rtasida tajriba almashish, eksport shartnomalarini tuzish va yangi savdo sheriklarini topish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Muloqot yakunida bildirilgan takliflarni O'zbekistonning tegishli tashkilotlari vakillari ishtirokida muhokama qilish uchun alohida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан