• 29 октября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

O'zbekistonda "Milliy yashil" iqtisodiy taksonomiyasi joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 25.10.2023 yildagi «Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 561 son qarori qabul qilindi.

2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasiga (02.12.2022 yildagi PQ-436-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq «yashil» turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy «yashil» taksonomiyani ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Hujjat bilan «Yashil» iqtisodiyot asosiy yo‘nalishlarining toifalarini belgilash hamda «yashil» turdagi faoliyatni tasniflash asosida muvofiqlik mezonlarini baholashni nazarda tutuvchi Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi uni joriy etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.

2024 yil 1 oktyabrga qadar:

"yashil" obligatsiyalar va kreditlar, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan «yashil» turdagi loyihalarni tasniflash tajriba tariqasida Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi orqali amalga oshiriladi;davlat moliyaviy ko‘magidan foydalangan barcha tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, xususiy va davlat ishtirokidagi xo‘jalik birlashmalarining investisiyaviy xarajatlari Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflanadi.

Ma’lumot uchun: «yashil» loyihalar taksonomiyasi – barqaror rivojlanishga ko‘maklashadigan va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni oshirishga, atrof muhitga salbiy ta’sir darajasini pasaytirishga va energiya tejamkorligini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat turlari, loyihalar va aktivlarni tasniflash tizimi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2023 yildan kuchga kirdi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Таджикистан намерен расширить возможности финансирования экологических инициатив
      сегодня в 21:50   Таджикистан