• 01 ноября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O'zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) va Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) jami 6 ta yirik kompaniyasi oʻrtasida qoʻshma rivojlantirish shartnomalari imzolandi.

Unga koʻra, yurtimizning 11 ta hududida XXR va BAA  kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 1,28 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan loyihalar asosida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga moʻljallangan zavodlar quriladi. Natijada yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, poligonlar soni besh barobarga qisqaradi. 97 mln AQSH dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 mln tonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. 

Loyihalar 2025–2027-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi maqsad qilingan. Qurilish jarayonlari 2025-yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026-yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 

Xususan:

— XXRning “China CAMC Engineering” kompaniyasi loyihasiga koʻra, Toshkent va Andijon viloyatlarida bittadan qiymati 350 mln AQSH dollari boʻlgan, 12 gektardan yer maydonida 2 ta zavod quriladi. Bu orqali yiliga 1,38 mln tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga taʼsiri kamayadi va 630 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqiladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 36 ming xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 300 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi.— XXRning “Shanghai SUS Environment” kompaniyasi loyihasiga koʻra, Samarqand va Qashqadaryoda bittadan qiymati 310 mln AQSH dollari boʻlgan, 12 gektardan yer maydonida 2 ta zavod quriladi. Bu orqali yiliga 1,095 mln tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga taʼsiri kamayadi va 480 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqiladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 27 ming xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 300 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi.— XXRning “China Everbright Group” kompaniyasi loyihasiga koʻra, Namangan va Fargʻonada bittadan qiymati 283 mln AQSH dollari boʻlgan, 12 gektardan yer maydonida 2 ta zavod quriladi. Bu orqali yiliga 1,095 mln tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga taʼsiri kamayadi va 455 mln kVt/soat elektr energiya ishlab chiqiladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 26 ming xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 300 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi.— XXRning “Chengdu Environmental Group” kompaniyasi loyihasiga koʻra, Jizzax viloyatida 12 gektar yer maydonida Jizzax va Sirdaryodagi chiqindilarni yoqish orqali qurilish materiallari hamda elektr energiya ishlab chiqarishga moʻljallangan qiymati 135 mln AQSH dollari boʻlgan zavod quriladi. Bu orqali yiliga 547,5 ming tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga taʼsiri kamayadi va 230 mln kVt/soat elektr energiya ishlab chiqiladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 13 ming xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 150 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi.

— BAAning “Tadweer Group” kompaniyasi loyihasiga koʻra, Buxoro viloyatidagi 12 gektar yer maydonida Buxoro va Navoiydagi chiqindilarni yoqish orqali qurilish materiallari hamda elektr energiya ishlab chiqarishga moʻljallangan qiymati 200 mln AQSH dollari boʻlgan zavod quriladi. Bu orqali yiliga 547,5 ming tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga taʼsiri kamayadi va 363 mln kVt/soat elektr energiya ishlab chiqiladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqaradi, 21 ming xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 150 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi va yiliga 350 nafar malakali mutaxassis tayyorlanishiga erishiladi.— Janubiy Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyasi loyihasiga koʻra, 55 million dollar evaziga Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida hosil boʻladigan gazdan muqobil elektr energiyasi olish yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 335-sonli qarori  imzolangan boʻlib, investitsion va elektr xaridlari uchun shartnomalar tasdiqlangan va chiqindi poligoni ajratilgan. Bu orqali chiqindilar termik usulda utilizatsiya qilinib, 53 ming tonna issiqxona gazlari, 2 tonna zararlangan sizot suvlari kamayadi, 59 gektar poligon rekultivatsiya qilinadi va 16 mln kVt/soat elektr energiya ishlab chiqiladi. Shuningdek, 40 ta qoʻshimcha ish oʻrni yaratiladi. 

Taʼkidlash joizki, bu kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarining oʻrnatilishi mamlakatimizda chiqindilarni boshqarish sohasida sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish hisobiga ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, sanitar holatni yaxshilash, aholiga xavfli kasalliklar yuqishini kamaytirishga hissa qo‘shadi. Qolaversa, chiqindilarning qayta ishlanishi muqobil energiya, xomashyo va organik oʻgʻit olinishi, mavjud chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etilishiga xizmat qiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    O‘zbekistonda 2025-yilda CITES tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
      20 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    Арсланбек Малиев, Сеидбек Атамбаев встретились с послом Франции
      20 декабря 2024 в 13:40   Кыргызстан
    Уланбек Султанов встретился с представителями МВД России и МВД Казахстана в КР
      19 декабря 2024 в 11:10   Кыргызстан
    Britaniyalik boks eksperti: "Bahodir Jalolov prof boksda jahon chempioni bo‘ladi"
      19 декабря 2024 в 17:50   Узбекистан
    Садыр Жапаров выступил с обращением на третьем Народном Курултае
      20 декабря 2024 в 18:25   Кыргызстан
    Gaz qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
      19 декабря 2024 в 23:05   Узбекистан
    В АП КР состоялась церемония награждения молодых спортсменов
      19 декабря 2024 в 15:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров поздравил работников органов национальной безопасности с профессиональным праздником
      20 декабря 2024 в 11:10   Кыргызстан
    O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlik aniqlandi
      20 декабря 2024 в 22:40   Узбекистан
    ТЭЦ Бишкека отмечает День энергетика
      20 декабря 2024 в 12:55   Кыргызстан