• 11 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi

“Kichik va o'rta biznesni moliyaviy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil qilinadi.

Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan tadbirkorlarga quyidagi qo'llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi:

- o'rta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish loyihalariga:

- loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga ko'chmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa ko'rinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish;

- ko'chmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard so'mdan ortiq bo'lmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldig'iga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish;

- kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga:

- kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;

- tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard so'mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;

- Kompaniya mablag'laridan foydalanish bo'yicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar bo'yicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;

2024-2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard so'mgacha ajratiladigan kreditlar bo'yicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq bo'lmagan muddatga kompensasiya taqdim etish.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан