• 14 декабря 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O'zbekiston yuk aviakompaniyasi Vengriyada aviakompaniya tashkil etishni rejalashtirmoqda

Vengriyaning "Daily News Hungary" va "AIRportal.hu"  elektron nashrlari O'zbekiston yuk aviakompaniyasining Vengriyada aviakompaniya tashkil etish rejasi haqidagi maqolani e'lon qildi. 

Vengriya OAV tarqatgan xabarlarga ko'ra, O'zbekistonning "My Freighter" yuk tashuvchi aviakompaniyasi xalqaro kengayish bo'yicha o'zining keng ko'lamli rejalari, jumladan, Vengriyada yangi aviakompaniya tashkil etishi haqida ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qaror, shuningdek, yana bir bitta mamlakat bo'yicha havo operatori sertifikati (AOC) olingani haqida "Centrum Holding" asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov "Central Asia Air Cargo Summit 2024"da ma'lum qilgan.

"Vengriyaning AOC sertifikatini qo'lga kiritish "My Freighter"ning Yevropadagi mavqeini mustahkamlash hamda Janubiy va Shimoliy Amerika, Yaqin va Uzoq Sharq bozorlariga chiqishga qaratilgan strategiyasida asosiy qadam bo'ladi", – deb yozgan muallif.

Bundan tashqari, kompaniya O'zbekistonning Navoiy shahrida yangi baza tashkil etish va Lyej (Belgiya) va Ostrava (Chexiya) shaharlariga muntazam yuk qatnovlarini amalga oshirish niyatida ekani ta'kidlangan.

Nashrlarda qayd etilishicha, "My Freighter" parki hozirda beshta "Boeing 767-300ER" yuk samolyotidan iborat. Biroq kompaniya 2025 yilga borib o'z parkiga yana beshta samolyot qo'shib, 2026 yilga kelib ularning umumiy sonini 20 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.

"My Freighter" Gonkongdan Budapeshtga charter yuk reyslarini amalga oshiradi, oraliq to'xtash joyi O'zbekiston. Kompaniyaning Vengriyaga samolyotda yuk tashish bo'yicha ruxsatnomaning olishi o'zaro aloqalarni mustahkamlaydi va Yevropa bozorlariga xizmat ko'rsatish qobiliyatini oshiradi", – deb yozgan Vengriya OAV.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан