• 10 ноября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

O'zbekiston eksportchilari mahsulotlarini "Oqtov dengiz tijorat porti" orqali tashish masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog'istonning "Oqtov dengiz tijorat porti" milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi Abay Turikpenbayev bilan uchrashuv o'tkazdilar. 

Muloqot davomida "Oqtov dengiz tijorat porti"ning hozirgi holati, uning texnik imkoniyatlari, o'zbek eksportchilarining mahsulotlarini ushbu dengiz porti orqali uchinchi davlatlarga yetkazish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Abay Turikpenbayev "Oqtov dengiz tijorat porti" faoliyati haqida ma’lumot berib, hozirgi kunda port o'z imkoniyatlarini kengaytirayotganini, shu jumladan mahsulotlarni tranzit va konteynerli tashish orqali diversifikatsiya qilish bilan Transkaspiy xalqaro transport yo'nalishining muhim bir qismiga aylanayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, port 2024-yil davomida tranzit tashuv hajmini 5 million tonnadan oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan konteynerda yuklarni yetkazish faol rivojlanmoqda.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikni jadallashtirish va istiqbolli qo'shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish to'g'risida kelishib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан