• 21 июля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Norin daryosi va yirik kanallar sohillari endi zamonaviy sayyohlik makoniga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning turizmni rivojlantirish, tabiiy va tarixiy manzillar asosida yangi turizm markazlarini yaratish bo‘yicha topshiriqlariga muvofiq Namangan viloyatida ham keng qamrovli ishlarga kirishilgan.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Norin GESlar kaskadi atrofida tashkil etilayotgan ana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Kaskadning Uychi tumani hududidagi 20 gektar yer maydonida  turistik saylgoh tashkil etilishi, ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, “Bo‘ston” MFY hududidan oqib o‘tuvchi  Norin daryosi qirg‘oqlarida turizm  loyihasi amalga oshiriladi. Undan sport maydoni, dam olish maskani,  cho‘milish havzasi, kemping zonasi joy oladi.

Viloyat rahbari tadbirkorlar bilan muloqot chog‘ida loyihalarga o‘z takliflarini berdi va jadallik bilan ishga kirishishni taʼkidladi.

Uchqo‘rg‘on tumanidan 12 km. masofada Norin daryosi hamda 5 ta yirik kanal o‘tishi, tabiiy landshaftning jozibadorligi, tiniq va zilol suv zaxiralari ushbu hududda turizmning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratib beradi.

Viloyat hokimi 30 gektarlik maydonda barpo etiladigan turistik mega-loyiha taqdimoti bilan tanishdi va qurilish ishlariga start berildi.

Loyiha doirasida akvapark, kapsula dam olish xonalari, interaktiv attraksionlar, gullar bog‘i, amfiteatr,salomatlik yo‘laklari,  restoranlar va ko‘prikli saylgoh quriladi. 450 dan ziyod yangi ish o‘rinlari  yaratiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан