• 22 июня 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Misrda "Tanta Motors" kompaniyasi va O‘zbekistonning "AgroTex Klaster" korxonasi vakillai o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi. 

Uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, shuningdek, uni yana-da rivojlantirish yo‘nalishlari muhokama qilindi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarining yuqori sifati va raqobatbardoshligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xorij tomoni qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarishning to‘liq siklini tashkil etish, shuningdek, Afrika bozorlariga mazkur mahsulotlarning eksportini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Hamkorlik aloqalarining amaliy bosqichlarini muhokama qilish maqsadida shu yilning iyul oyida "AgroTex Klaster" ishchi guruhining Misrga safarini tashkil qilishga kelishib olindi.

"Tanta Motors" kompaniyasi 1950 yilda tashkil topgan. U Misrda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi xususiy korxonalardan biridir. Mazkur kompaniya kichik hajmdagi traktorlardan tortib, turli qishloq xo‘jaligi texnikasi, jihoz va uskunalargacha ishlab chiqaradi. "Tanta Motors" mahsulotlari Afrika, Yevropa va Yaqin Sharqning 20 dan ziyod mamlakatlariga eksport qilinadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан