• 07 марта 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Minitraktorlarni olib kirishda bojxona boji nol stavkada qo‘llaniladi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo'jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-115-son, 05.03.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, “Online-mahalla” platformasining “Aholi tomorqasi” moduliga tomorqa yer egalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari, xonadonda mavjud issiqxonalar hamda tomorqadan samarali foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlar har 6 oyda (aprel, oktyabr oylarida) kiritiladi.

Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasining resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) quyidagicha beriladi:

— chorvachilik (qoramol, qo'y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish va “dala do'konlari”ni qurish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga;

—  bog'dorchilik (ko'chatchilik), uzumchilik (tok so'risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, ko'chma muzlatkichlarni o'rnatish, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvargacha motokultivatorlar (TIF TN kodi – 8432 29 100 0), bir o'qli traktorlar (TIF TN kodi – 8701 10000 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilanadi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В 2025 году в республике построено 44 культурных объекта, 120 объектов капитально отремонтировано и реконструировано
      26 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев совместно с членами Кабинета Министров и сотрудниками АП КР совершил горный поход в парке «Ала-Арча»
      25 января 2026 в 15:10   Кыргызстан
    Итоги Чемпионата Кыргызстана по дзюдо
      вчера в 15:10   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi
      26 января 2026 в 23:05   Узбекистан
    Специальная глава, посвящённая празднику Сада в «Шахнаме», подчеркивает его важность в таджикской и персидской культуре
      25 января 2026 в 22:50   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев поручил разработать электронный механизм перевода учащихся из школы в школу
      26 января 2026 в 11:10   Кыргызстан
    Душанбе станет местом проведения фестиваля Сада и выставки сельскохозяйственных семян
      25 января 2026 в 13:55   Таджикистан
    Закуплено новое оборудование Live U для прямых трансляций из всех регионов страны
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Адылбек Касымалиев: По темпу роста ВВП у Кыргызстана очень высокий показатель
      26 января 2026 в 12:55   Кыргызстан
    Адылбек Касымалиев и Наджи Бенхассин обсудили перспективы стратегического партнерства
      вчера в 12:55   Кыргызстан