• 04 апреля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Londonda "O'zbekiston investorlar kuni" bo'lib o'tdi

O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Qarshibayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining London safari tashkil etildi. 

Safar davomida xorijiy moliya institutlar va xalqaro fondlar vakillari ishtirokida "O'zbekiston investorlar kuni" mavzusidagi biznes-forum o'tkazildi.

Tadbir davomida O'zbekistonning tarmoq korxonalari, moliya institutlari hamda kapital bozor ekosistemasi yo'nalishlarida oshirilayotgan islohotlar to'g'risida taqdimotlar o'tkazildi.

Britaniya vakillariga O'zbekistonda xorijiy investorlarga berilayotgan imkoniyatlar, mavjud erkin va iqtisodiy zonalar faoliyati, xalqaro moliya tashkilotlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, forum doirasida Britaniya kompaniyalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar, G2B va B2B shakllardagi uchrashuvlar o'tkazildi. Ularda hamkorlik istiqbollari va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy tadbir yakunida, amalga oshiriladigan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarga xorijiy kompaniyalar va xalqaro moliya institutlari mablag'larini jalb qilish hamda bondlar chiqarish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан