• 30 октября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Keyingi yildan soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yil 1 apreldan boshlab tarkibida shakar mavjud bo‘lgan gazlanmagan salqin choylar, meva sharbatlari, kompotlar va boshqa gazlanmagan shakarli ichimliklarning 1 litri uchun 500 so‘m miqdorida aksiz solig‘ini joriy etishni rejlashtiryapti. Mazkur taklif bo‘yicha 2025−2027 yillar uchun ishlab chiqilgan budjetnoma loyihasida ma’lumot berilgan.

Qayd etilishicha, quyidagi asosiy soliq turlari bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz saqlab qolinadi:

foyda solig‘i — 15 foiz;qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) — 12 foiz;jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 12 foiz;ijtimoiy soliq — 12 foiz (budjet tashkilotlari uchun — 25 foiz);yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i — 1,5 foiz;aylanmadan olinadigan soliq — 4 foiz.Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliq yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkasi 1 kub metr uchun 100 so‘m, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida saqlab qolinadi.

O‘z navbatida 2025 yil 1 apreldan boshlab neft mahsulotlari, xususan benzin, aviakerosin, dizel yoqilg‘isi, EKO dizel yoqilg‘isi, dizel yoki karbyurator (injyektor) dvigatellari uchun motor moyi hamda yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan va siqilgan gaz uchun to‘lanadigan aksiz solig‘i stavkalarini 10 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini belgilashda quyidagilar taklif etilmoqda:

qazilma boyliklarida soliq ulushi uning xarid narxiga nisbatan juda pastligini inobatga olib, marmar, granit, tabiiy bezaktosh, qum–shag‘al aralashmasi (shu jumladan, qurilish qumi va qumtoshlar) uchun alohida soliq stavkalari belgilash;kon-kimyo xomashyosi hamda boshqa noruda qurilish materiallari uchun qazib olingan hajmga belgilangan qat’iy miqdorlarni 10 foizga indeksatsiya qilish.2025 yil 1 yanvardan suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarida quyidagilar taklif etilmoqda:

elektr stansiyalari, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, alkogolsiz ichimliklar hamda alkogol mahsulotlari (pivo va vinodan tashqari) ishlab chiqaruvchilar hamda sanoat korxonalari uchun foydalaniladigan suv hajmiga qo‘llanadigan soliq stavkalarini o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilish;iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun suv solig‘i stavkalarini sanoat korxonalari uchun belgilangan stavkaga tenglashtirish;avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan suvning 1 kub metri uchun soliq stavkasini 15 ming so‘m qilib belgilash.

2025 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarning turar va noturar ko‘chmas mulk obektlariga solinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga oshiriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan noturar ko‘chmas mulk obektlari uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llash huquqi saqlab qolinadi.

Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining bazaviy stavkalari ham o‘rtacha 10 foizga oshiriladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Более трёх десятков лет таджикские спасатели обеспечивают безопасность людей
      17 августа 2025 в 22:00   Таджикистан
    «АНДАЛЕБ». Продолжается второй тур Республиканского телевизионного фестиваля-конкурса народного творчества
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Prezident Olimpiya shaharchasida soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
      18 августа 2025 в 23:05   Узбекистан
    «МЫ – НА СТРАЖЕ НЕЗАВИСИМОСТИ». В Национальном музее состоялось мероприятие с участием защитников Родины
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    На берегу озера Иссык-Куль прошли летние учебно-оздоровительные и тренировочные сборы
      сегодня в 09:40   Кыргызстан
    Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    В Душанбе пройдет Международный инвестиционный форум «Душанбе Инвест-2025»
      17 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    Руководству СЭЗ «Сугд» даны указания по улучшению работы
      18 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati barqaror o‘sishni namoyon etmoqda
      18 августа 2025 в 22:10   Узбекистан
    В Таджикистане сегодня отмечают День медика
      18 августа 2025 в 22:50   Таджикистан