• 14 января 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Joriy yilda Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarida “made in Uzbekistan” savdo uyi ochiladi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2023- yilda Ozarbayjon davlatida “made in Uzbekistan” savdo uyi ochildi. Joriy yilda esa Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarida ham shunday savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan. Bu haqda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eksport qilingan mahsulotlarning 27 foizi metall buyumlar, 10 foizi keramika mahsulotlari, 14 foizi PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 8 foizi quruq qurilish qorishmalari kabi mahsulotlar ulushiga to‘g‘ri keldi. Eksport qilingan qurilish materiallari turlari 55 dan 65 ga oshgan bo‘lsa, eksport geografiyasi 43 davlatdan 53 taga oshdi.

Davlatlar kesimida tahlil qilinganda eksport qilingan mahsulotlarning 34,5 foizi Qozog‘iston hissasiga, 17,4 foizi Qirg‘izistonga, 12,6 foizi Tojikistonga, 12,3 foizi Rossiya Federatsiyasiga, 4,2 foizi Turkmanistonga, 3,2 foizi Litvaga va 2,3 foizi Xitoy davlatlariga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, Tailand, Belgiya, Fidji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya va boshqa shu kabi davlatlarning bozorlarini o‘zlashtirilishi hisobiga mahsulotlar eksport geografiyasi kengaytirildi.

E’tiborlisi, o‘tgan yilning o‘zida qo‘shimcha 10 tadan ortiq yangi mahsulotlar eksport qilindi.

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davlatlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma forumlarda ishtirok etishmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investisiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.

Misol uchun, 2022 yilga nisbatan keramik plitkalar 2,1 barobarga, gulqog‘oz 3,3 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 2,5 barobarga, metall buyumlar 3,4 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni respublikalar hisoblanadi. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Qozog‘istonga – 193 mln dollarlik, Rossiyaga – 110 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 93 mln dollarlik, Tojikistonga – 86 mln dollarlik, Litvaga – 29 mln dollarlik, Latviyaga – 16 mln dollarlik, Turkmanistonga –15 mln dollarlik, Koreyaga ga – 11 mln dollarlik, Afg‘onistonga – 2 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 7 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      сегодня в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      сегодня в 17:50   Узбекистан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      сегодня в 13:40   Кыргызстан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан