• 06 октября 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Janubiy Koreya kompaniyalari O'zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

4-oktabr kuni Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi elchisi Von Do Yon ishtirokida "O'zbekiston–Koreya sanoat-akademik innovatsiyalar haftaligi 2024" tadbirida qatnashish uchun O'zbekistonga kelgan avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasidagi bir qator Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Muloqot davomida Janubiy Koreya tomoniga O'zbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlarni qo'llab-quvvatlash va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Janubiy Koreya vakillari ikki mamlakat kompaniyalari o'rtasida innovatsiya va ta'lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollari hamda fikr almashish uchun samarali platformaga aylangan tadbir muvaffaqiyatli o'tkazilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari alohida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar va elektrotexnika ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан