• 01 декабря 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

Jahon banki IT sohasini rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 50 million dollar ajratadi

Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi 30 noyabr kuni "O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik"loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha hukumatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda qishloq va chekka hududlardagi minglab yoshlarning raqamli ko‘nikmalarga o‘qitish va axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar (ITES) sohasida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanoyatgan yangi loyiha O‘zbekistonga ITES xizmatlari sohasidan iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadlarida foydalanishga yordam beradi”, deya ta’kidlaydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.

Mamlakatning qishloq va chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan minglab yoshlarni o‘qitish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “IT Park” tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida ushbu tayyorlov kurslaridan o‘tgan shaxslarni ishga oladigan ITES kompaniyalari uchun turli xil rag‘batlar taqdim etiladi.

Shuningdek, 2029-yilda loyiha yakuniga kelib O‘zbekiston ITES xizmatlari sohasida 25 ming kishi ish bilan ta’minlanishi va 15 ming kishi turdosh sohalarda ish topish imkoniyatiga ega bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Loyiha ushbu maqsadlarga erishish uchun turli xil chora-tadbirlarni maqsad qilgan, jumladan, butun mamlakat bo‘ylab zamonaviy ofis maydonlarini taklif qiluvchi 11 tagacha hududiy ITES markazlari ishga tushiriladi. Ushbu chora-tadbirlar ITES kompaniyalarini O‘zbekiston hududlarida o‘z vakolatxonalarini ochishga rag‘batlantiradi.

Buning natijasida 6200 ga yaqin yoshlar, shu jumladan 3100 nafar ayollar va 250 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar kommunikatsiya, kompyuter va til ko‘nikmalarini (ITES kompaniyalarida talab qilinadigan ingliz va boshqa chet tillari) o‘z ichiga olgan asosiy professional ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha ta’lim oladilar.

9000 ga yaqin yoshlar, shu jumladan 4500 nafar ayollar va 360 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ITES kompaniyalarida ish bilan ta’minlanadi.

Kompaniyalarga o‘z navbatida loyiha doirasidagi ishtirokchilarni ishga olishi uchun moddiy rag‘batlar beriladi va O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy ITES kompaniyalari faoliyati uchun qulay shartsharoitlarni ta’minlashda muhim o‘rin tutgan normative-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.

Yuqorida qayd etilgan loyiha chora-tadbirlari natijasida 240 ga yaqin yangi ITES kompaniyalari “IT Park” rezidentlariga aylanadi va O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi.

По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    «АНДАЛЕБ». Продолжается второй тур Республиканского телевизионного фестиваля-конкурса народного творчества
      19 августа 2025 в 13:55   Таджикистан
    «МЫ – НА СТРАЖЕ НЕЗАВИСИМОСТИ». В Национальном музее состоялось мероприятие с участием защитников Родины
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Prezident Olimpiya shaharchasida soha mutasaddilari va sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
      18 августа 2025 в 23:05   Узбекистан
    На берегу озера Иссык-Куль прошли летние учебно-оздоровительные и тренировочные сборы
      вчера в 09:40   Кыргызстан
    Tanzila Norboyeva Qozog‘istonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
      19 августа 2025 в 23:05   Узбекистан
    Руководству СЭЗ «Сугд» даны указания по улучшению работы
      18 августа 2025 в 21:50   Таджикистан
    В Таджикистане сегодня отмечают День медика
      18 августа 2025 в 22:50   Таджикистан
    O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati barqaror o‘sishni namoyon etmoqda
      18 августа 2025 в 22:10   Узбекистан
    Namanganda moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi
      18 августа 2025 в 22:30   Узбекистан
    В Душанбе обсудили реализацию проекта по использованию и обезвреживанию полихлорированных бифенилов
      19 августа 2025 в 21:50   Таджикистан