• 15 ноября 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

“Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi o‘z ishini boshladi

15-noyabr kuni Toshkentda “Ipak yo‘lida turizm” 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi hamda “Team & Co Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

“Uzbekistan Airways” AJ TXTY-2023 ning bosh hamkori sifatida ishtirok etayapti va an’anaga ko‘ra, yarmarka o‘tkaziladigan joy sifatida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyoni tanlandi.

Ma’lumot uchun TXTY 1995-yildan buyon BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda. Har yili ko‘rgazma butun dunyodan sayyohlik sohasining yuzlab mutaxassislarini o‘zida jamlaydi va ushbu sohani xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun paltforma vazifasini bajaradi.

Rasmiy ochilish marosimini Ekologiya vaziri A.Abduhakimov Samarqanddan videokonferens aloqa vositasida bog‘lanib, kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, marosimda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, “Uzbekistan airways ” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Umid Xusanov, Qirg‘iziston Respublikasi Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi prezidenti Abulqosim Sherniyazov, Ozarbayjon Respublikasi Turizm davlat agentligi raisi maslahatchisi – Kenan Guluzade, xalqaro turizm biznesi vakillari, qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

“Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi O‘zbekistonda butun mamlakatimiz va xorijda tan olingan sayyohlik tadbiri bo‘lib, ko‘p yillar davomida mamlakatimizning ijobiy imijini yaratishga xizmat qilib kelmoqda. Shu bilan birga, uch kun mobaynida, yetakchi xalqaro ekspertlar bilan forum va sessiyalar, milliy oshpazlarning mahorat darslari, mamlakatimiz madaniy merosini namoyish etuvchi O‘zbekiston hunarmandlarining ko‘rgazmasi, shuningdek, mahalliy va xalqaro dizaynerlar ishtirokida modalar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, bu yil ham yarmarka ishtirokchilari o‘rtasida ko‘plab B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan”, deb ta’kidladi Qo‘mita raisi Umid Shadiyev ochilish marosimidagi nutqida.

Yarmarkaning birinchi kunida yetakchi xalqaro va milliy ekspertlar ishtirokida “Mamlakat turizmining rivojlanishishda madaniyatning o‘rni”, “Yangi turistik yo‘nalishlar taqdimoti” mavzularida ikkita sessiya va xususiy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yarmarka doirasida 20 ta xorijiy davlat ishtirok etadigan sayyohlik ko‘rgazmasi, taniqli oshpazlar ishtirokidagi gastro-bozor, turizm sohasidagi yetakchi xalqaro va mahalliy mutaxassislar ishtirokidagi forum, shuningdek turli mamlakatlarning xususiy kompaniyalari vakillarining B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, sayyohlik xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilda TXTY-2023 yarmarkasiga mahalliy aholi hamda MDH, Osiyo va Yevropa davlatlaridan 15 ming nafargacha mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishish va xorijiy mamlakatlarning rang-barang muhiti, madaniyati va an’analariga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi yangi manzillarning turizm salohiyatini baholash mumkin bo‘ladi.

2023-yilda TXTY-2023ni hamkorlikda qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaydi. TXTY-2023 ning moliyaviy hamkori “ASIA ALLIANCE BANK”, axborot hamkorlari “Dunyo bo‘ylab” va “Profi travel” hamda boshqa mahalliy va xorijiy OAV hamda kompaniyalar bo‘ldi. Mahalliy hamkorlar bilan bir qatorda TXTY-2023 tashkilotchilari tomonidan 28-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida eko-sumkalar hamkori sifatida ishtirok etayotgan Moskva turizm qo‘mitasi – “Discover Moscow” bilan kelishuvga erishildi.

TXTY-2023 mintaqadagi turizm sanoatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirgan va turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirgan O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyoda turizm sohasidagi eng yorqin xalqaro tadbirga aylandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Марат Иманкулов принял участие в церемонии закладки капсулы под строительство образовательного комплекса «Имам Серахси»
      вчера в 11:10   Кыргызстан
    Shaxlo Ibragimova Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi
      09 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    В Бишкеке ход реализации Стратегии развития Жогорку Кенеша до 2027 года
      09 октября 2025 в 17:40   Кыргызстан
    Akbar Jo‘rayev uch karra jahon chempioni bo‘ldi
      вчера в 17:50   Узбекистан
    КРСУ и Профессиональный футбольный клуб «Алга» заключили соглашение о развитии студенческого спорта
      10 октября 2025 в 19:10   Кыргызстан
    Садыр Жапаров ознакомился с ходом реконструкции и расширения Международного аэропорта «Манас»
      09 октября 2025 в 15:10   Кыргызстан
    В селе Кызыл-Мээнет стартовал турнир по футболу на кубок ОшГУ
      10 октября 2025 в 15:10   Кыргызстан
    «O‘zbekiston G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlaydi» — TIV
      10 октября 2025 в 23:05   Узбекистан
    ЦИК КР проводит на всех избирательных участках республики и 5 городах России тестовое голосование
      10 октября 2025 в 17:40   Кыргызстан
    В Таджикистане пройдут Дни кино Ирана
      09 октября 2025 в 13:55   Таджикистан