• 19 сентября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingi joriy etiladi

Hukumat qarori (580-son, 15.09.2025-y.) bilan “Reyting ko'rsatkichlari asosida “Hududlarning investisiyaviy jozibadorligi reytingi”ni baholash” reglamenti tasdiqlandi.

Reglament reyting ko'rsatkichlari asosida hududlarning investisiyaviy jozibadorligi reytingini baholash tartibini belgilaydi.

Reyting 2 yo'nalishda baholanadi:

- investisiya salohiyati. Mazkur yo'nalishda statistik ko'rsatkich va subko'rsatkichlardan iborat bo'lgan ustuvor omillar va ularning vaznlari asosida hududlar investisiya salohiyati baholanadi;

- boshqaruv samaradorligi. Mazkur yo'nalishda hududlarda tadbirkorlarning so'rov natijalari orqali ko'rsatkich va subko'rsatkichlar asosida boshqaruv samaradorligi baholanadi.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi reytingni baholash operatori bo'lib, quyidagi vazifalarni bajarish uchun mas'ul hisoblanadi:

- baholash jarayonini umumiy muvofiqlashtirish;

- elektron platformani boshqarish;

- natijalarni taqdim etish.

 Reyting ballari 4 ta bosqichda elektron platforma orqali hisoblanadi.

Baholash operatori reyting baholash natijalari bo'yicha tahliliy ma'lumotnoma tayyorlaydi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан