• 02 июля 2024 в 22:10
  • 0
  • 0

Fransiya kompaniyasi Shohimardonda ommaviy turizm maskanini qurmoqchi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi hududiy direktori Orxan Shirinni hamda kompaniyaning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Joriy yil 6-iyunda ushbu kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda viloyatimiz hududida arqon yo‘l va osma ko‘priklarni o‘z ichiga olgan ommaviy turizm maskani barpo etish loyihasi muhokama qilinib, ushbu loyihani Shohimardonda amalga oshirish bo‘yicha loyiha konsepsiyasi ishlab chiqishga kelishib olingandi.

Uchrashuvda Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi vakili Orxan Shirin viloyat hokimiga o‘zlari tomonidan Shohimardonda olib borilgan o‘rganishlar natijasida ishlab chiqilgan hududni turistik rivojlantirish konsepsiyasini taqdim etdi.

Loyiha 10 tadan kabinaga ega ikkita arqon yo‘li, 1 ta qiya ko‘targich, 1 ta osma ko‘prik, Zipline, Alpine Coaster attraksionlari va boshqa ko‘plab qo‘shimcha turistik infratuzilma obyektlarini o‘z ichiga oladi. Tabiat bilan uyg‘unlik bosh g‘oya bo‘lgan loyihada oilaviy turizm imkoniyatlarini taqdim etishga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Loyihani moliyalashtirish masalasida imtiyozli kredit mablag‘larini jalb etish bo‘yicha Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamda Yevropa banklari bilan muzokaralarni birgalikda olib borishga kelishib olindi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    FIDE ilk bor o'tkazayotgan U7–U17 Jahon chempionatida 13 nafar o'zbekistonlik yoshlar ham qatnashmoqda
      вчера в 17:50   Узбекистан
    Завтра откроется 14-я Международная выставка «Книга Душанбе»
      вчера в 13:55   Таджикистан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      вчера в 11:05   Россия
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      вчера в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      20 октября 2026 в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      20 октября 2026 в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      20 октября 2026 в 21:50   Таджикистан
    Садыр Жапаров принял Председателя Милли Меджлиса Азербайджана
      вчера в 13:40   Кыргызстан
    Таджикистан намерен расширить возможности финансирования экологических инициатив
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      20 октября 2026 в 21:40   Кыргызстан