• 21 апреля 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Foshan shahrida "O'zbekiston hududlari – Foshan: investitsiya, savdo va turizm hamkorligi" mavzusida biznes-forum o'tkazildi

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Guandun provinsiyasining Foshan shahrida bo'ldi. 

Safar davomida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha bir qator tadbirlar o'tkazildi.

Xususan, Foshan shahar merining o'rinbosari Ven Si, tashqi ishlar boshqarmasi va tijorat byurosi rahbarlari bilan o'tkazilgan uchrashuvda mamlakatlarimiz o'rtasida hududlararo aloqalarni kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm yo'nalishlaridagi sa'y-harakatlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, "O'zbekiston hududlari–Foshan: investitsiya, savdo va turizm hamkorligi" mavzusida biznes-forum o'tkazildi. Uning ishida ushbu hududda faoliyat yuritayotgan 60 ga yaqin yetakchi kompaniyalar ishtirok etdi.

Ishtirokchilarga O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayoni, mamlakatimizning iqtisodiy va turizm salohiyati, xorijiy investorlar uchun mavjud imkoniyatlar, jumladan, ekin iqtisodiy zonalar faoliyati, undagi mavjud soliq, bojxona imtiyozlari hamda istiqbolli investitsion va savdo loyihalari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Foshan shahrining "Foshan Travel Agency Association", "Shun's Travel International", "SZL International Travel Service Ltd." va "Tours International Tourist" kabi yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag'ishlangan "Visit Uzbekistan" targ'ibot tadbirlarini o'tkazishga kelishib olindi.

Foshan Guandun provinsiyasining g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, shaharda 9,6 million aholi yashaydi. 2024-yilda mazkur shaharning yalpi ichki mahsuloti 190 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. U provinsiyadagi uchinchi yirik sanoat, ta'lim, tadqiqot va innovatsiya markazi hisoblanadi. Hudud iqtisodiyotining asosiy drayverlari mebelsozlik, "yashil" energetika, elektronika va elektrotexnika, keramika mahsulotlari ishlab chiqarish hisoblandi. 


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    Время перемен: к чему приведут кадровые перестановки в правительстве России
      сегодня в 11:05   Россия
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан