• 16 декабря 2023 в 22:10
  • 0
  • 0

Farg‘onada yetishtirilgan 250 tonna uzum Nyu-York shahriga eksport qilinadi

AQShda o'tkazilgan marketing tahlillariga ko'ra, O'zbekistondan tajriba tariqasida yetkazilgan "Xusayni" navli uzumining ta'mi va ko'rinishi amerikalik xaridorlar o'rtasida katta qiziqishga sabab bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Noyabr oyi boshida Nyu-York shahriga Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanidan tajriba tariqasida yetkazilgan bir tonna uzumning barchasi mahalliy aholi tomonidan ikki kunda xarid qilindi. Ushbu omillar sabab yurtimizdan yangi uzumning yanada kattaroq partiyasini yetkazish bo'yicha muzokaralar boshlangan edi. 

Muzokaralar natijasida joriy yilning 14-dekabr kuni AQShning "E.L.A. Superior Produce Inc." va Farg'ona viloyatidagi "Seraxun" mas'uliyati cheklangan jamiyati o'rtasida umumiy qiymati 2 million dollarga teng qo'shimcha eksport shartnomasi imzolandi.

Hujjatga muvofiq, Farg'ona dehqonlari tomonidan yetishtirilgan 250 tonna uzum havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkaziladi va "NetCost" oziq-ovqat savdo tarmoqlari orqali sotiladi.

O'zbek diplomatlari, shuningdek, O'zbekistondan quritilgan mevalarni AQSh va Kanada davlatlariga eksportini yo'lga qo'shish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    Улан Маматканов провел заседание Государственной межведомственной комиссии по учебно-методическим комплексам для школ
      сегодня в 07:10   Кыргызстан
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан