• 23 июня 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Farg‘onada Huawei kompaniyasining yagona rasmiy filiali ishga tushdi

Bugun Farg‘ona shahridagi “Asia” mehmonxonasida Huawei kompaniyasining Farg‘onadagi yagona rasmiy filiali ishga tushdi. Kompaniya filiali Toshkent shahridan so‘ng ilk bor Farg‘onada ochildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi. Kompaniya vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimi AKT sohasida dunyodagi etakchi kompaniyalardan bo‘lgan Huawei kompaniyasining Farg‘ona ofisi ochilishi bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlar eshigini ochishini ta‘kidladi. 

O‘zbekistonda 25 yildan ortiq samarali faoliyat olib borayotgan ushbu kompaniya bilan Farg‘onada ham yangi loyihalar ustida, tajriba almashishda, yoshlarni IT sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirishda hamkorlik qilishga ishonch bildirildi. 

Uchrashuvda Huawei kompaniyasining yillar davomida olib borilgan o‘sish sur‘atlari va O‘zbekistondagi faoliyati, erishilgan natijalar, yangi rejalar xususida taqdimot o‘tkazildi. Kompaniya vakillari Huawei Farg'ona ofisining ochilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga egaligi, vodiyda izlanuvchan, iqtidorli yoshlarning ko‘pligi, ular bilan birgalikda sun‘iy intellekt, AKT sohasida hamkorlik olib borish, Farg‘onani “Dijital Fergana” raqamli Farg‘ona masalasida yordamlarini ko‘rsatish, vodiyda keng ko‘lamdagi korxona va tashkilotlar mavjudligi va ular faoliyatini, mahsuldorligini oshirishga o‘z xizmatlarini taklif qilish, AKT sohasini rivojlantirish, Farg‘onaning har bir oliygohlari bilan ham hamkorlikda ishlash orqali mahsulotlari, bilim va tajribalari bilan ko‘maklashgan holda ushbu sohada salohiyatli kadrlarga ega bo‘lish uchun hamkorliklarini taklif etish ko‘zlangani, shu maqsadda Farg‘onada ofislari ochilganligi qayd etildi. 

Viloyat rahbari kompaniya bilan ushbu yo‘nalishda viloyatda olib borilayotgan yangi loyihalarda ham hamkorlikda ishlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Tadbir doirasida Farg‘ona viloyati hokimligi va “Huawei Tech Investment Tashkent” MChJ o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    В Кулябе определились победители Республиканского чемпионата по борьбе на Кубок Президента Республики Таджикистан
      вчера в 23:00   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан