• 16 января 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

Estoniyaning “Bolt” super ilovasi O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin

Estoniyaning mobillik va yetkazib berish xizmati “Bolt” O‘zbekistonda o‘zining bek-ofisini ochishi mumkin. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

14-yanvar kuni texnopark bosh direktori Farhod Ibragimov hamda kompaniyaning jamoatchilik va davlat organlari bilan aloqalar bo‘limi rahbari Yuliya Malich o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Unda tomonlar hamkorlik istiqbollari, O‘zbekistonda startaplar ekspertizasini oshirish va texnologiyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ta’kidlash joizki, “Bolt” kompaniyasi mobillik va yetkazib berish bozorida eng yirik xalqaro ishtirokchilardan biridir.

“Bolt” hozirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda. Malich kompaniyaning Raqamli rivojlanish vazirligi va boshqa davlat organlari bilan hamkorligidan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

“IT Park” vakillari kompaniya dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatda “Bolt"ning potensial bek-ofisini ochishni taklif qildilar. Farhod Ibragimov texnopark zarur resurslar, jumladan, xodimlarni tanlashda yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.

Yuliya Malich mintaqa “ustuvor ahamiyatga ega” ekanligini ta’kidlab, aholining tez o‘sishi, yosh mutaxassislarning ko‘pligi va raqamli texnologiyalar yangi investitsiyalar va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishda mamlakatni “jozibador qilayotgani"ni qayd etdi.

Shuningdek, tomonlar qo‘shma tadbirlar, xususan, xizmat mutaxassislari tomonidan mahorat darslarini o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar. Texnopark hamkorlik mamlakatda texnologik bilim darajasini oshirish va startap ekotizimini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonmoqda.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан