• 27 ноября 2025 в 22:10
  • 0
  • 0

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkil etiladi

“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–233-son 26.11.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- IT sohasiga investitsiyalarni keng jalb qilish hamda xalqaro darajada raqobatbardosh va jozibador ekotizimni shakllantirish;

- raqamli yechimlar va innovatsiyalar bo'yicha ilg'or mahalliy kompaniyalar faoliyatini rag'batlantirish va malakali kadrlar tayyorlash.

“Enterprise Uzbekistan” raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (Markaz) tashkil etilgan.

Farmonga ko'ra, Markaz hududida quyidagi faoliyat turlariga ruxsat etiladi, jumladan:

- dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, raqamli texnologiyalar sohasida konsalting va autstaffing xizmatlarini ko'rsatish;

- raqamli texnologiyalardan foydalangan holda autsorsing asosida masofaviy xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan, biznes jarayonlar autsorsingi (VRO);

- video o'yinlar (GameDev) yaratish, ular uchun raqamli kontent ishlab chiqish, jumladan, grafik dizayn, video va audiokontent yaratish va tahrirlash;

- sun'iy intellekt texnologiyalarini yaratish va rivojlantirish.

Markaz Angliya va Uels umumiy huquq normalari va prinsiplariga yoki yetakchi xalqaro moliya markazlari standartlariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega alohida hudud sifatida e'tirof etiladi.


По материалам: uzreport.news

Комментарии

Вам следует зарегистрироваться и войти в свой аккаунт, чтобы иметь возможность комментировать.

    Голосование
    Интересное
    В Бишкеке прошло мероприятие «Манастын урпактары — көчмөн оюндарында»
      вчера в 20:10   Кыргызстан
    Состоялось первое заседание Совета по демографической политике при Кабмине КР
      вчера в 20:55   Кыргызстан
    В Бохтаре состоится Международный инвестиционный форум «Хатлон Инвест – 2026»
      вчера в 21:50   Таджикистан
    Марлен Маматалиев принял около 100 граждан
      вчера в 21:40   Кыргызстан
    O'zbekistonda paxta dalalaridan 3,4 million tonna hosil yig‘ib olindi
      вчера в 22:10   Узбекистан
    Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST
      вчера в 22:30   Узбекистан
    В Хороге обсудили доступ к экологическому правосудию
      вчера в 22:50   Таджикистан
    Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi Raisini qabul qildi
      вчера в 23:05   Узбекистан
    Таджикистан и Государство Кувейт обсудили состояние и перспективы двустороннего сотрудничества в правовой сфере
      вчера в 22:00   Таджикистан
    Председательство Таджикистана в ШОС укрепило экономику и авторитет этой влиятельной организации
      вчера в 22:20   Таджикистан